Turkiya Ukrainaga insonparvarlik yordami jo’natishda davom etmoqda

Rossiya–Ukraina urushi boshlangandan buyon Turkiya Ukrainaga 67 yuk mashinasida gumanitar yordam yubordi.

Ruminiya va Ukraina chegarasidagi nazorat-oʼtkazish punktiga 210 ming dona gumanitar yuk yetkazildi.

Turkiya sogʼliqni saqlash vazirligi, shuningdek, qator idoralar, Qizil yarim oy jamiyati, tadbirkorlar va nodavlat tashkilotlari orqali yana 46 ta yuk avtomobilida yordam joʼnatilgan.

12-martdan 18-martgacha Ruminiya-Ukraina chegarasidagi “Siret” nazorat-oʼtkazish punktida qochqinlarga bepul issiq ovqat berish tashkil etildi. 20-martdan boshlab esa Lvov shahrida ham dala oshxonasida tayyorlangan taomlar tarqatilmoqda.

Bugungi kunga qadar “Siret” nazorat-oʼtkazish punktida 210 ming (birlik)ga yaqin gumanitar yordam materiallari tarqatildi.