Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi biznes forum

28-iyun kuni Toshkentda Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi investitsiyaviy muhitni yaxshilash maqsadida biznes forum tashkil etildi.

Forumda ikki davlat hukumat va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdilar.

Moderator O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov forumni ochar ekan ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘lami va uning samaralari haqida so‘z yuritdi.

Forumda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov ham O‘zbekiston va Turkiya davlatlarining o‘zaro teng huquqlilik asosida yo‘lga qo‘yayotgan hamkorligiga to‘xtaldi. Ushbu hamkorlik doirasini kengaytirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bayon etdi.