Turkiya va O'zbekistonning mustahkam aloqalari namoyondasi

Xabaringiz bor, Bright Uzbekistan jurnalining yangi nashri chop etildi va o'quvchilarga taqdim etish jarayonlari boshlanmoqda. Ikkinchi sonning ilk nusxalaridan biri Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi elchisi Olgan Bekarga taqdim etildi.

Uchrashuv davomida jurnalning yangi sonini keng targ'ib qilish, siyosiy va biznes doiralarga taqdim etish va chet mamlakatlaridagi o'quvchilarga yetkazish masalasi muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, Olgan Bekar janoblari ikkinchi sonning tahririyat kengashi a'zolari qatoridan joy olgan.