Turkiya vitse-prezidenti: Zilzila maydonida 29 622 ta qutqaruv guruhi bor

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Turkiya hukumatidagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uni bartaraf qilish boshqarmasi (AFAD) markazida Qahramanmarashning Pazarjik va Elbistan tumanlarida ro’y bergan zilzilalar bilan bog’liq bayonotlar berdi.

Vitse-prezident Fuat Oktayning so’zlariga ko’ra, hozirgacha Turkiyaga 75 ta mamalakatdan 6479 nafar qidiruv-qutqaruv guruhi yetib kelgan.

U sa’y-harakatlarni amalga oshirgan barchaga minnatdorchilik bildirar ekan, o’tgan 24 soat ichida 121 nafar fuqaro vayronalar ostidan qutqarilganini maa’lum qilgan.

Shuningdek, vitse-prezidentning ma’lum qilishicha, hozirda zilzila maydonida 29 622 ta qutqaruv guruhi bor, ularning faoliyati har bir qishloqqa yetib bormaguncha to’xtatilmaydi.