Turkiyada 7 kunlik motam

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Turkiya Respublikasida 7 kunlik milliy motam munosabati bilan shtab-kvartirasidagi bayroqlarni yarim shtatga tushirdi.
2023-yilning 6-fevralida mamlakat janubi-sharqiy viloyatlarida sodir bo‘lgan halokatli zilzilalardan so‘ng Turkiyada yetti kunlik milliy motam e’lon qilindi.
Ushbu motam davrida aʼzo va kuzatuvchi davlatlar bayroqlari Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida yarim shtatgacha tushiriladi.






