Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddatidan avval oʼtkazilishi mumkin

Ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’gʼan Аnqaradagi prezidentlik saroyida Millatchi Harakat partiyasi (MHP) yetakchisi Devlet Baxcheli bilan bir soatlik uchrashuv oʼtkazgan. Unda parlament va prezidentlik saylovlarining birinchi turini avval belgilanganidek 2023-yil 18-iyun oʼrniga 2023-yil 30-aprelda oʼtkazish boʼyicha “dastlabki kelishuv”ga erishilgan.

Manbaalarga ko’ra, bu haqda Deutsche Welle (DW) Turk xizmati hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidagi (AKP) manbaalarga tayanib ma’lum qilgan.

Baxcheli bilan uchrashgandan soʼng, Erdoʼgʼan partiya yetakchilari bilan ham uchrashgan va ularga MHP rahbarining saylovlarning ertaroq oʼtkazilishiga eʼtirozi yoʼqligini, aprel oyi oxirida boʼladigan saylovlarga tayyorgarlik koʼrishni boshlashlari kerakligini aytgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, DW agar saylovlar boshqa muddatga ko'chirilgan taqdirda, 14-may kuni prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo'lishi "ehtimoli yuqori" ekanligini ham ta’kidlagan.

Deputatlar tomonidan qoʼllab-quvvatlansa, kamida 360 deputatning ovozi to’plana, muddatidan oldin saylov oʼtkazish qarori parlamentda qabul qilinishi mumkin. Аks holda, Erdoʼgʼon farmoni bilan saylovlar ertaroq oʼtkazilishi mumkin.