Turkiyada yana zilzila yuz berdi

Turkiya sharqidagi Malatyada 5,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, 69 kishi yaralangan.

Hammasi bo'lib kamida 22 ta bino vayron bo'lgan, 20 kishi kasalxonaga yotqizilgan, bir kishi vafot etgan.