Turkiyada yangi "Istanbul" kanali qurilishi boshlandi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bosfor bo‘g‘oziga parallel o‘tadigan hamda Qora va Marmar dengizlarini bog‘laydigan Istanbul kanali qurilishini boshlashga ko'rsatma berdi.

"Bugun biz Turkiya taraqqiyotining yangi sahifasini ochmoqdamiz, kanalni kesib o‘tuvchi birinchi ko‘prikning poydevori qo‘yildi. Yangi Istanbul kanalining uzunligi reja bo‘yicha 45 km, minimal kengligi — 275 m, chuqurligi — 21 metrga teng bo‘ladi. Ushbu kanal Istanbulga, Turkiyaga va butun xalqimizga foyda keltiradi degan umiddaman", dedi Turkiya rahbari Twitter sahifasida.

Erdo'g'anning so'zlariga ko'ra, Istanbul kanali loyihasi qiymati 15 milliard dollarga teng bo‘lib, loyiha olti yil davomida amalga oshiriladi.