Turkiyadagi zilzila qurbonlari 12 mingdan oshdi

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) maʼlum qilishicha, mamlakat janubida sodir boʼlgan zilzila oqibatida halok boʼlganlar 12 391 nafarga, jarohatlanganlar esa 62,914 kishiga yetgan. Yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6 mingdan ziyod inshootlar vayron boʼlgan.
Rasmiylarning bildirishicha, zilzila oqibatida Turkiya janubiy viloyatlarida 13 mlndan ortiq odam jabr koʼrgan.






