Turkiyadagi zilzila qurbonlari 17,5 mingdan oshdi

“Аnadolu” agentligining maʼlum qilishicha, Turkiya janubida sodir boʼlgan zilzila oqibatida halok boʼlganlar 17 674 nafarga, jarohatlanganlar esa 72 879 kishiga yetgan.
Bundan tashqari, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6 mingdan ziyod inshootlar vayron boʼlgani aniqlangan. Rasmiylarning bildirishicha, zilzila oqibatida Turkiya janubiy viloyatlarida 13 mlndan ortiq odam jabr koʼrgan.






