Turkiyadagi zilziladan keyingi iqtisodiy zarar qiymati 4 mlrd dollardan oshishi taxmin qilinmoqda

“Fitch Ratings” reyting agentligi ma'lumotlarida qayd etilishicha, Turkiyadagi zilziladan ko’rilgan iqtisodiy zarar 2 milliard dollardan oshadi va 4 milliard dollar yoki undan ko’proqqa yetishi ham mumkin.
Ta’kidlanishicha, Turkiyaning sug’urtalangan hududlarining kamligi sababli sug’urta qoplamasi taxminan 1 milliard dollarni tashkil etadi.
Agentlik xabariga ko'ra, 1999-yilgi Izmitdagi zilziladan keyin tashkil etilgan "Turkiya falokat sug’urtasi jamg'armasi" (TCIP) faqat shaharlardagi binolarga yetkazilgan zararnigi qoplaydi.






