Turkiyaning Hatay viloyatida yana 2 ta kuchli zilzila sodir bo'ldi

Biroz avval Turkiyaning janubidagi Hatay viloyatida yana 2 ta kuchli zilzila sodir bo'ldi. Hukumat vakillarining qayd etishicha birinchi zilzila 6,4, ikkinchisi 5,8 magnitudali boʼlgan.

Zilzila natijasida Hatay viloyati elektrdan toʼliq uzilib qolgani xabar qilinmoqda.

Yer silkinishi Livan, Suriya, Kipr, Falastin va Isroilda ham sezilgan.