Turkiyaning ko'zga ko'ringan tadbirkori O'zbekiston haqida iliq fikrlar bildirdi

Bright Uzbekistan jamoasi jurnalning yangi sonini Turkiya Respublikasida targ'ibot qilishda davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv EKBA Holding Prezidenti Jihan Ekshio'g'lu bilan bo'lib o'tdi.

EKBA Holding ko'p tarmoqli kompaniyalar guruhi bo'lib, qurilishdan tortib mudofaa yo'nalishlarigacha faoliyat olib boradi va dunyoning ko'plab mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi.

Ushbu uchrashuv yurtdoshimiz Ravshan Mukhitdinov hamrohligida bo'lib o'tdi va Jihan Ekshio'g'luga Bright Uzbekistan jurnalining yangi soni taqdim etildi. Qolaversa loyiha asoschisi Davron Abdullaev, Bright Uzbekistan qanday maqsad, vazifa va rejalarga tayanib faoliyat yurg'izayotgani haqida so'zlab berdi.

Jihan Ekshio'g'lu O‘zbekistonga nisbatan juda iliq fikrga egaligi, qardosh mamlakatlarimizning hamkorlik rishtalari kuchayishi tarafdorligini ta’kidladi va faoliyatini yanada ochiqlab berish maqsadida tez kunlarda intervyu tashkil qilish rejalashtirildi.

Ma'lumot uchun, Jihan Ekshio'g'lu nafaqat tadbirkor balki Butunjahon nogironlar jamg'armasi (Worl Disability Foundation) Prezidenti hisoblanadi.