Turkiyaning TOGG elektromobili Istanbul aeroportida namoyish etildi

Day.Az Anadoluga tayanib xabar berishicha, Turkiyaning birinchi elektromobili TOGGning sedan modeli Istanbul aeroportining xalqaro parvozlar terminalida namoyish etildi.
Mahalliy va xorijlik yo‘lovchilar yangilikka katta qiziqish bildirishdi, elektromobil fonida suratga tushishni xohlovchilar navbati yuzaga keldi.
Qayd etilishicha, juda chiroyli va o’zgacha dizaynga ega bo’lgan TOGG avtomobili oy oxirigacha Istanbul aeroportida namoyish etiladi.
Rasmiy sotuv esa 2023-yil mart oyida boshlanishi, birinchi yarim yil davomida faqat ichki bozorda sotilishi aytilmoqda.






