Turkiyaning vitse-prezidenti O'zbekistonga yetib keldi

Turkiyaning vitse-prezidenti Fuat Oktay Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borish maqsadida Oʻzbekistonga yetib keldi.

Fuat Oktay o'zining Facebook sahifasida O'zbekiston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni muhokama qilishga tayyorligini yozdi. Shuningdek, Fuat Oktay Turkiya Prezidentining qardosh o'zbek xalqiga salomlarini yetkazishini qo'shimcha qilib aytdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu muzokaralar butun turkiy dunyo hamda ikki qardosh davlatni hamkorlik aloqalarini kengaytirishda xizmat qiladi.