Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi bilan hamkorlik masalalari

Turkiy Kengash Bosh kotibi Bag'dod Amreev Anqarada Buyuk Millat Majlisining sobiq Spikeri va Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim bilan uchrashdi.

Yildirim va Amreev Turkiy Kengash shafeligida faoliyat yuritadigan turkiyzabon davlatlarning obro'li shaxslaridan tashkil topgan Oqsoqollar Kengashi bilan bog'liq masalalarni muhokama qildilar.

Bag'dod Amreev Binali Yildirimga 2021-yil noyabrda Istanbulda Turkiy kengashning 8-sammiti uchun tayyorgarlik ishlari bo'yicha ma'lumot berdi.