«Turkmangaz» O‘zbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi

Turkmaniston Prezidenti Farmoni bilan "Turkmangaz" davlat konserniga tegishli hajmdagi suyultirilgan gazni O‘zbekistonga o‘tkazish topshirildi. Qayd etilishicha, xabarda o’tkazilishi kutilayotgan gazning aniq hajmi haqida ma’lumot berilmagan.

Ta’kidlanishicha, mazkur farmon O‘zbekistonni do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolangan.

P.S. 2022-yilning dekabr oyida O‘zbekistonda kuzatilgan gaz bilan bog‘liq muammolar vaqtida Turkmaniston O‘zbekistonga 3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz berishi yuzasidan ikki mamlakat o‘rtasida shartnoma imzolangan edi. Ammo, Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12-yanvardan boshlab O‘zbekistonga tabiiy gaz eksportini vaqtincha to‘xtatib, 21-yanvarda qayta tiklandi.