Turkmaniston delegatsiyasi Made in Uzbekistan ko'rgazmasiga tashrif buyurdi

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari E. Orazgeldiyev boshchiligidagi delegatsiya "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlari ko'rgazmasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning Turkmaniston tomonidan hamraisi, Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari E.Orazgeldiyev boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasi "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar ko‘rgazmasiga, shuningdek, Toshkent shahridagi "Texnopark" MCHJ sanoat korxonalariga tashrif buyurdi.