Turkmaniston Oʼzbekistonga neft yetkazib beradi

“Oʼzbekneftgaz” АJ rahbariyati Oʼzbekiston Respublikasida ishchi tashrif bilan boʼlib turgan “Petronas Charigali Sdn Bxd” kompaniyasi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv oʼtkazdi. Unda 2023-yilda Turkmanistondan Oʼzbekistonga neft yetkazib berish dasturini birgalikda tayyorlash toʼgʼrisida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining “Petronas Charigali (Turkmaniston) Sdn Bxd” kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari bilan oʼzaro munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi. Zavodga neft xom-ashyosi importi borasida uzoq muddatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot uchun: “Petronas Charigali (Turkmaniston) Sdn Bxd” kompaniyasi Kaspiy dengizining Turkman shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi. Malayziyaning toʼliq integratsiyalashgan neft-gaz transmilliy kompaniyasi Petronasning shoʼʼba korxonasi boʼlib, u ishlab chiqarish hajmi boʼyicha dunyodagi yetakchi neftь va gaz kompaniyalaridan biri hisoblanadi.