Turkmaniston Prezidenti Bag'dod Amreyevni kutib oldi

29-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiy Kengash Bosh kotibini o'z qarorgohida qabul qildi.

Prezident Berdimuhamedov Turkiy Kengash Bosh kotibiga salom berib, Turkmaniston ko'p yillar davomida turkiy davlatlar bilan yaqin birodarlik aloqalarini saqlab kelayotganini va o'zini turkiy oilaning ajralmas a'zosi deb bilishini aytdi.

Bosh kotib Amreyev Prezident Berdimuhamedovga mehmondo'stligi uchun minnatdorchiligini bildirib, Turkmaniston azaldan Turkiy dunyoning muhim qismi bo'lganligi hamda Turkiy kengashning umumiy tarix va madaniyatga ega boʻlgan qardosh davlatlaridan biri ekanligini ta'kidladi.

Bosh kotib Amreyev Prezident Berdimuhamedovga 2021-yil noyabrda Istanbulda o'tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy kengashning 8-sammitiga tayyorgarliklar to'g'risida ma'lumot berdi, hamda Gurbanguli Berdimuhamedovning ushbu muhim sammitda ishtirok etishini kutishini ta'kidladi.

Turkmaniston Prezidenti Turkiy Kengashning sakkizinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, shuningdek, Turkmaniston Turkiy Kengash loyihalarida o'zini qiziqtirgan sohalarda ishtirok etishini qayd etdi.