Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyatiga ko‘ra ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan muhim voqea bo‘ldi.
Kecha davlat rahbarlari "Ko‘ksaroy" qarorgohida samarali muzokaralar o‘tkazib, ularda ko‘p qirrali hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Bugun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kuzatib qo‘ydi.






