Turkmanistonda internetga ulanmagan milliy raqamli tarmoq faoliyati yo’lga qo’yilishi kutilmoqda

Ma’lum qilinishicha, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan mamlakatda milliy raqamli tarmoq yaratish to‘g‘risidagi qaror imzolagan. Hujjat “Neytral Turkmaniston” gazetasida chop etilgan.

“Turkmanistonda internet tarmog‘iga ulanmagan avtonom milliy raqamli tarmoqni yaratish, shuningdek, ushbu ishlar bo‘yicha tizimli asosda chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Turkmaniston Prezidenti qarorni imzoladi, unga muvofiq ishchi komissiya tuzildi. Milliy raqamli tarmoqni shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va milliy raqamli tarmoqni yaratish loyihasini amalga oshirish maqsadida yaratilgan va uning tarkibi tasdiqlangan”, — deya qayd etilgan qarorda.