Turkmanistondagi tadbirlar arafasida Tanzila Narbaeva uchrashuvlar o'tkazdi

Avval xabar berganimizdek, 6 avgust kuni Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahatlashuv uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti forumi bo‘lib o‘tadi. Tanzila Narbaeva tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbir arafasida O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari T.Narbayevaning BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi rahbari Natalya German hamda Tojikiston Hukumati huzuridagi Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi Raisi Z.Qurbonzoda bilan ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotiga O‘zbekiston raislik qilishi doirasida gender sohasiga oid mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.






