TURKSOY xalqaro tashkilotining doimiy kengashining 28-majlisi

Ko‘xna Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniyat Forumi doirasida turli darajadagi uchrashuvlar, madaniy tadbirlar va ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, TURKSOY xalqaro tashkiloti tomonidan «Xiva shahri — Turk dunyosining madaniy poytaxti» deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu tashkilotga a’zo davlatlar Madaniyat vazirlarining XXXVIII-majlisi o‘tkazildi. Mazkur xalqaro darajadagi yig‘ilishda TURKSOYning vaqtinchalik koordinatorini o‘zgartirish va “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” maqomini topshirish kabi masalalar muhokama etildi.