Twitter amerikalik tadbirkor Ilon Maskni sudga berish niyatida

Sudga murojaat qilish sababi Maskning Twitterni sotib olish bitimidan voz kechishi edi. Bu haqda Twitter boshqaruv kengashi rahbari Bret Teylor xabar berdi.
"Twitter direktorlar kengashi janob Mask bilan kelishilgan narx va shartlar bo'yicha bitimni amalga oshirish majburiyatini oladi va birlashish shartnomasini bajarish uchun sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Biz Delaver shtati kansler sudida g'alaba qozonishimizga aminmiz", - deya ta'kidladi Teylor.






