Ilon Musk Twitter uchun munosib voris yo'qligini ma'lum qildi

Milliarderning ta'kidlashicha, may oyidan boshlab kompaniya tezda bankrotlikka intilmoqda va yangi rahbar uning uchun o'z boyligini xavf ostiga qo'yishga tayyor bo'lishi kerak.

Twitter egasi Ilon Musk kompaniya rahbari sifatida o'z o'rnini bo'shatib berish uchun munosib voris topa olmasligini da'vo qildi. Milliarder o'z sahifasida e'lon qilgan shov-shuvli so'ro'vnomadan keyin sharhlarga shunday javob berdi.

So'ro'vda qatnashganlarning 57%dan ortig'i uning iste'fosini qo'llab-quvvatlashdi -ijtimoiy tarmoq 17 milliondan ortiq ovozni ro'yxatdan o'tkazgan.
Xuddi shu twittida tadbirkorning o'zi foydalanuvchilarning irodasiga bo'ysunishini va'da qilgan.

Eslatib o'tamiz, Ilon Musk Twitterni 44 milliard dollarga sotib olgan edi. U kompaniyadagi keng ko'lamli ishdan bo'shatish va islohotlardan so'ng ko'plab tanqidlar ostida qoldi.