Twitterdan yangi xavfsizlik funksiyasi

Twitter o'z foydalanuvchilari uchun haqoratli tvitlar yuboradigan akkauntlarni vaqtincha bloklovchi xavfsizlik rejimi funksiyasi imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tizim haqoratli so'zlar bilan sharh yozib qoldirgan akkauntlarni belgilab olib 7 kun davomida bloklaydi.

Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Irlandiyadagi platforma foydalanuvchilarining yarmi endi ijtimoiy tarmoqning ushbu funksiyasidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, ular endi proaktiv xavfsizlik rejimi deb nomlangan yordamchi funksiyadan foydalanishlari mumkin. Ushbu funksiya potensial haqoratomuz javoblarni faol ravishda aniqlaydi.

Kompaniya bu yangilikni ba’zi foydalanuvchilar fikr-mulohazalari asosida amalga oshirishganligini aytib o’tdi.