Uber BMT bilan hamkorlikda Ukrainaga yordam qo'lini cho’zadi

Uber BMTga Ukrainaning urushdan vayron boʻlgan hududlarini oziq-ovqat va suv bilan ta’minlashda yordam berish uchun o’zing yetkazib berish platformasida “xususiy yorliq” versiyasini ishga tushirdi.

Ushbu texnologiya firmasi BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlik qilmoqda.

Katta yuk mashinalari shikast va hujum tahdidi sababli Ukrainaning ayrim qismlariga kira olmaydi. Shu bois, Uber platformasi WFPga kichikroq avtomobillardan foydalanish imkonini bermoqda.

Odatda, korxonalar Uberga har bir yetkazish xizmati uchun komissiya to’laydi, ammo bu yerda WFP bundan mustasno.

Ushbu jarayon markaziy Dnepr shahrida sinovdan o'tkazilmoqda. Keyinroq esa bu amaliyot yana to'rtta shaharda: Lvov, Vinnitsa, Kiyev va Chernovtsi bo'ylab tarqaladi.

Ma’lumot uchun, Uber Technologies Inc. (Uber) — Amerika mobil servis provayderi. Bosh ofisi San-Fransiskoda joylashgan va taxminan 72 mamlakat va 10 500 shaharda o'z xizmatlarini taklif etadi. Xizmatlar ro’yxatiga yoʻlovchi tashish, oziq-ovqat yetkazib berish (Uber Eats va Postmates), mahsulot yetkazib berish, kurerlik, yuk tashish, Lime bilan hamkorlikda elektr velosiped va skuter ijarasi hamda mahalliy operatorlar bilan hamkorlikda parom xizmatlari kiradi.