Uch oyda isteʼmolchilarga o‘tgan yilga nisbatan bir foiz ko‘p miqdorda tabiiy gaz yetkazib berildi

Joriy yilning o‘tgan 3 oyida respublika isteʼmolchilariga jami 13,5 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Energetika vazirligining Matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 mln kub metrga yoki 0,8 foizga ko‘pdir.

Shuningdek, 211,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,5 ming tonnaga yoki 11,9 foizga ko‘p.