Uchinchi “Airbus A321neo LR” samolyoti Toshkent aeroportiga olib kelindi

25-mart kuni “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan xarid qilingan uchinchi “Airbus A321neo LR” samolyoti “Toshkent” aeroportining mahalliy aviayoʻnalishlar terminaliga olib kelindi.
Qayd etilishicha, bu “A321LR” yo'lovchi tashuvchi samolyotining yangi avlod dvigatellari hamda kengaytirilgan masofalari bilan takomillashtirilgan versiyasi hisoblanadi.
An'anaga ko'ra, samolyot suvli maydon bilan kutib olindi. Samolyot “A321LR” Airbus yig'uvchi zavodlaridan biri joylashgan Germaniyaning Gamburg shahridan 5 soat-u 30 daqiqa davom etgan to'g'ridan-to'g'ri parvoz bilan yetib kelgan. Yangi samolyotning eng asosiy xususiyati endi unda uzoqroq masofalarni bosib o'tish mumkin bo'ladi.
Ma'lumot o’rnida, samolyot 188 yo'lovchiga mo'ljallangan (16 o'rin biznes-klassda, 172 tasi esa ekonom-klassda). Yil oxiriga qadar “UzAirways” ushbu rusumli samolyotdan yana ikkita sotib oladi.






