UEFA «The Best» sovrini uchun yakuniy nomzodlar uchligini e'lon qildi

UEFA rasmiy sayti har yili an'anaviy tarzda o'tkazib kelinadigan “The Best” sovrini uchun nominatsiyalarga nomzodlarni e'lon qildi. Unga ko'ra, yakuniga yetgan mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun 3 nafar nomzod e'lon qilindi.

Ular:

Karlo Anchelotti: “Real Madrid”;
Pep Gvardiola: “Manchester Siti”;
Yurgen Klopp: “Liverpul”.
Shuningdek, marosimning eng asosiy mukofoti — “Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi” sovrini uchun ham yakuniy 3 nomzod nomi e'lon qilindi. Ular:

Karim Benzema: “Real Madrid”;
Tibo Kurtua: “Real Madrid”;
Kevin de Bruyne: “Manchester Siti”.
P.S. Marosim joriy yilning 25-avgust sanasida bo'lib o'tadi.