«UFC 2022» Yilning eng yaxshi jangchisi

UFC 2022 yil yakunlari bo‘yicha yilning eng yaxshi jangchilari reytingini e’lon qildi. So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, yarim yengil vazn toifasi chempioni va P4P reytingi yetakchisi Aleksandr Volkanovski yilning eng yaxshi jangchisi deya e’tirof etilgan.
Avstraliyalik yakkakurashchi joriy yilda Chon Chhan Son va Maks Xolloveyni mag‘lubiyatga uchratdi. 11-fevral kuni Aleksandr yengil vazn divizioni chempioni Islom Maxachevga qarshi jang qiladi.
Shuningdek, kuchli uchlikdan o‘rta vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra va yengil vazn chempioni Islom Maxachev joy olgan.
TOP – 10
Aleksandr Volkanovski
Aleks Pereyra
Islom Maxachev
Veyli Jang
Leon Edvards
Marlon Vera
Aljameyn Sterling
Jamal Hill
Irji Proxazka
Roman Dolidze






