Ukraina Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonga tashrif buyuradi

Kelasi hafta Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal, moliya vaziri Sergey Marchenko va Ukraina markaziy banki raisi Kirilo Shevchenko amaliy tashrif bilan АQShga borishi kutilmoqda.

Аgentlik manbalariga koʼra, Ukraina rasmiylari Vashingtonda G7 mamlakatlari va boshqa davlatlar moliya boʼlimlari vakillari bilan uchrashuvlar oʼtkazadi. 21-aprel kuni delegatsiya aʼzolari Jahon banki tomonidan Ukrainaga bagʼishlangan davra suhbatida ishtirok etadi.