Ukraina mahalliy radio va televideniyeda rus musiqasini taqiqlamoqchi

Ukraina ommaviy axborot vositalari deputatlar radio va televideniyeda rus musiqasinining efirga uzatilishini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etganini xabar qilmoqda. Tegishli qonun loyihasi Oliy Radada ro'yxatga olingan.
Seshanba kuni Ukraina madaniyat vaziri Aleksandr Tkachenko Bryusselda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uchrashuvda YeIda rus madaniyatini taqiqlash, jumladan, Rossiya telekanallarining sun’iy yo‘ldosh orqali ko‘rsatuvlarini to‘xtatish masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi.






