Ukraina va Rossiya o'rtasidagi mojaro adolatli tinchlik bilan yakunlanishi kerak — Erdog‘an

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'onning Qrim platformasi sammitida ta’kidlashicha, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaro adolatli tinchlik bilan yakunlanishi va Qrim Ukrainaga qaytarilishi kerak.
“24-fevraldan buyon davom etayotgan nizo Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti asosida adolatli tinchlik bilan yakunlanishi kerak, deb hisoblaymiz. Turkiya bu maqsadga erishish borasida samarali diplomatik kanal yaratish uchun favqulodda sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. Muhim yutuqlarimiz bor”, - deya ta'kidlagan Prezident.
U yangilanish va tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishda qat’iy ekanini ma’lum qilgan hamda xalqaro huquq Qrimni Ukrainaga qaytarishni talab qilishini ta’kidlagan.






