Ukraina yoʻq boʻlib ketadi, chunki u hech kimga kerak emas — Medvedev

Yaqinda Ukraina yoʻq boʻlib ketadi, chunki bu davlat hech kimga kerak emas. Uning mavjudligi na Yevropaga, na AQSHga va na Rossiyaga kerak. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoqidagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Natsistlar elitasi boshchiligidagi Ukraina o'z fuqarolariga ham kerak emas”, deya qoʻshimcha qildi u.

Medvedevning fikricha, aynan o'z hokimiyati tufayli respublika hech kimga keraksiz bo'lib qolgan va o'zini yo'q bo'lib ketishga mahkum qilgan.

Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari o‘z tahlilini olti bandga ajratdi. Ukraina va Yevropa oʻrtasidagi munosabatlarga bagʻishlangan xatboshida u Kiyevni “artrit bilan gʻijimlangan” deya taʼrifladi. Uning fikricha, mamlakat Yevropaning yakuniy tanazzuliga aylanadi.

Bundan tashqari, Yevropa Ukraina bilan shug‘ullanishni istamayotganini qoʻshimcha qildi.

“Chunki Kiyevning amerikalik ustozning buyrug‘i bilan qo‘llab-quvvatlanishi yevropaliklarga haqiqiy moliyaviy va siyosiy do‘zax keltiradi”, deydi u.

Medvedevning eslatishicha, hozir ko‘plab mamlakatlar “inflyatsiyaning o‘sishi, issiqlik va elektr energiyasi uchun ulkan to‘lovlar, biznesning tanazzulga uchrashi” kabi muammolarga duch kelmoqda va bularning barchasi yevropaliklarning noroziligiga sabab bo‘lyapti. Shuningdek, Ukraina fuqarolari ham AQSh uchun endi muhim emas. Qolaversa, oddiy amerikaliklar “Ukraina” nima va “u” qayerda joylashganligini ham tushunmaydi.