Ukrainada obyektlar va joylarga Rossiyaga aloqador nom qoʼyish taqiqlandi

Ukrainada Rossiya, uning tarixi va taniqli shaxslari bilan bogʼliq geografik nomlarni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi.

“Geografik obyektlarga bosqinchi davlatni yoki uning diqqatga sazovor, unutilmas, tarixiy va madaniy joylarini, shaharlarini, sanalari, voqealari, shaxslarini yuksaltiruvchi, abadiylashtiruvchi, targʼib qiluvchi yoki ramziy maʼnoda ifodalovchi nomlar berish taqiqlanadi”, deyiladi qonun tavsifida.

Taʼkidlanganidek, loyiha Oliy Radaning 50 nafar deputati, jumladan, hukmron "Xalq xizmatchisi" partiyasi tashabbusi bilan chiqqan.