Ukrainadagi vatandoshlarimiz Polsha orqali evakuatsiya qilinadi

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Matbuot xizmati malum qildi.
Qayd etilishicha, elchixona Ukrainadagi fuqarolarni Polsha orqali vatanga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Chegaradan oʼtish faqat oʼrnatilgan tartibda avtobus orqali va Ukrainadagi hamda Polshadagi Elchixona vakillari hamrohligida amalga oshiriladi.
Evakuatsiya rejalashtirilgan fuqarolar orasida qariyalar, bolali ayollar, talabalar va bolalarga ustuvorlik beriladi va ular birinchi navbatda olib oʼtiladi.
Ma’lumot o’rnida, Ukrainada minglab o‘zbekistonlik migrantlar, talabalar va davolanishga borgan fuqarolar bor. Ayni damda O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ro‘yxatga olgan o‘zbekistonliklarning rasmiy soni 4300 nafarni tashkil etmoqda.






