Ukrainadan evakuatsiya qiligan fuqarolar soni 5 634 nafarni tashkil etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotiga ko’ra, 28-fevraldan 11-martga qadar 25 ta aviareys tashkillashtirilib, 5 634 nafar vatandoshimiz Ukrainadan qaytarilgan.

2022-yil 11-mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 254 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga yetgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq olib kelindi.