Ukrainadan qaytgan talabalar o’qishni Oʼzbekistonda davom ettirishlari mumkin

Ukrainada taqsil olayotgan o’zbek talabalarining o’qishlari 15-martdan eʼtiboran mahalliy universitetlarga soddalshtirilgan tartibda ko’chiriladi.

Davlatimiz rahbari raisligida 4-mart kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib oʼqishini Oʼzbekistonda davom ettirish istagi boʼlgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va batafsil maʼlumot olishlari mumkin.

Maʼlumot oʼrnida, shu kunga qadar Oliy va oʼrta maxsus taʼlim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy taʼlim muassasalari va yashash hududlari kesimida roʼyxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborildi.