Ukrainaliklar ham bizning xalqimiz - bizning oilamiz

Xelsinkidan 120 mil sharqda joylashgan Finlyandiyaning Rossiya bilan chegarasidagi Vaalimaa orqali ruslar avtobus va avtomobillarda o’z yurtlarini tark etishmoqda.
Ba'zi rus fuqarolari Rossiyadan chiqib ketish payida. Sababi, Prezident Vladimir Putin hukumati tez kunda Ukrainaga bostirib kirishga qarshi namoyishlarni bartaraf etish uchun harbiy holat joriy qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Yevropaga parvozlar to'xtatilganligi sababli mamlakatdan chiqishning yagona yo'li - bu chegarani avtomobil yoki poyezdda kesib o'tish.
"Ukrainaliklar ham bizning xalqimiz - bizning oilamiz", dedi Rossiyani tashlab chiqib ketayotgan bir ayol. "Biz ularni o'ldirmasligimiz kerak". Undan qaytib kelasizmi deb so’ralganda ayol shunday javob berdi: “Bu daxshatli hukumat bor ekan, yo’q”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik rossiyaliklar bu urushni xohlamaydilar, lekin Putinga qarshi turishga harakat qilsalar, qamoqqa tushishlari mumkin.
Sankt-Peterburgdan Xelsinkiga kelayotgan poyezd ruslar bilan to’lib toshgan. Aksariyat poyezdlar to‘liq band qilingan va chiptalar narxi ko‘tarilgan.






