Ukrainani 2,5 millliondan ortiq kishi tark etgan

BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Mettyu Saltmarsh Rossiyaning harbiy amaliyoti tufayli Ukrainadan chiqayotgan qochoqlar oqimi vujudga kelganini ta’kidladi.
Tashkilot ma’lumotiga qaraganda, Ukrainani 2,5 millliondan ko‘p kishi tark etgan. Ular, asosan, qo‘shni davlatlar – Polsha, Vengriya va Moldovaga o‘tyapti.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu oqim Yevropa davlatlari budjeti va infratizimi uchun katta sinovdir.






