Ukrainani 7 kunda bir million qochqin tark etgan

BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi o‘zining rasmiy Twitter sahifasida harbiy maxsus operatsiya boshlanganidan buyon bir million kishi Ukrainani tark etganini ma’lum qildi. “Biz bor-yoʻgʻi yetti kun ichida Ukrainadan qoʻshni davlatlarga bir million qochqinning chiqib ketganiga guvoh boʻldik”, ta’kidladi u.

U Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish va aholiga gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi. "Ukrainadagi yana ko'p millionlab odamlarning manfaati uchun jangovar harakatlarni to'xtatish vaqti keldi. Keyin gumanitar yordam ko'rsatiladi", - dedi Grandi.