Ukrainaning birinchi prezidenti vafot etdi

Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk 10-may kuni 88 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Ukraine Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Leonid Makarovich uzoq davom etgan kasallikdan soʼng, 10-may kuni Kiyev vaqti bilan soat 17:00 da vafot etdi.
Maʼlumot uchun, Kravchuk 1934-yil 10-yanvarda tugʼilgan. 1991-yil 5-dekabrdan 1994-yil 19-iyulgacha Ukraina prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
1994-yildan 2006-yilgacha - Ukraina Oliy Radasining xalq deputati sifatida ish olib borgan.






