Ular bizning hayot tarzimizga tahdiddir

Kvant apokalipsisi nima va biz bundan qo'rqishimiz kerakmi? Tasavvur qiling-a, shifrlangan, maxfiy fayllar to'satdan ochildi. Bu "kvant apokalipsisi" deb nomlanadi.
Oddiyroq qilib aytganda, kvant kompyuterlari o'tgan asrda ishlab chiqilgan kompyuterlardan butunlay boshqacha ishlaydi. Nazariy jihatdan, ular bugungi mashinalarga qaraganda bir necha baravar tezroq ishlashi mumkin.
Bu shuni anglatadiki, juda murakkab va ko'p vaqt talab qiladigan muammoni, masalan, ma'lumotlarning shifrini ochishga urinishni oddiy kompyuter ko’p yillar davomida amalga oshirsa, kvant kompyuterlar bu vaqtni ancha qisqartirishga qodir, ya’ni bir necha soniyaga.
Bunday kompyuterlar insoniyatni havotirga solayotgan turli muammolarni hal qila oladi. Buyuk Britaniya hukumati bu sohadagi tadqiqotlarda katta muvaffaqiyatlarni umid qilgan holda, Oksfordshir shtatining Harvell Milliy kvant hisoblash markaziga o’z sarmoyasini kiritmoqda.
Ammo kvant kompyuterlarining “minus” tomoni ham bor.
Bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Xitoy, Rossiya va Buyuk Britaniya kiber sohada strategik ustunlikka ega bo'lish maqsadida ushbu o'ta tezkor kvant kompyuterlarini ishlab chiqish uchun qattiq “bel bog’lab” katta miqdorda mablag' sarflamoqda.
Har kuni katta hajmdagi shifrlangan maʼlumotlar, shu jumladan sizning va mening ma’lumotlarimiz ham ruxsatimizsiz yigʻib olinadi va maʼlumot banklarida saqlanadi. Kvant kompyuterlar ularni ochishga qodir bo’lishi zahotiyoq, ushbu ma’lumotlarga “buzib kiriladi”.
“Bu kvant kompyuterlar yaratilinib shifrlarni buzishga erishsa, bank hisobimizdagi mablag’larni istalgan shaxs “quritadi”, mudofaa tizimlari ham buzib kiriladi, va balki, Bitcoin hamyonlari ham bo’shab qoladi”, deydi "PostQuantum" kompaniyasining strategiya bo'yicha bosh direktori Garri Ouen.
"Ular bizning hayot tarzimizga tahdiddir", deb ta’kidlaydi Kembrij va Koloradoda joylashgan “Quantinuum” kompaniyasining bosh ijrochi direktori Ilyos Xon.






