Manfaatli qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish uchun ulkan salohiyatga egamiz – J.Xodjayev

“Xalqaro bozorlarga mahsulotlarimizni olib chiqish maqsadida qiyosiy ustunliklarimiz asosida yuqori texnologiyali korxonalarni tashkil etish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha saʼy-harakatlarimizni birlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi”, – deya ta’kidladi O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumidagi nutqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev
“Biz o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirish uchun ulkan salohiyatga egamiz. Mamlakatlarimizda buning uchun zarur bo‘lgan sanoat, texnologik, mehnat resurslari va tabiiy boyliklar mavjud. Ishonchim komilki, o‘zaro kelishib, g‘ayrat bilan hamkorlikda ish olib borib, biz O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqa olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.






