Ulug'bek Rashitov taekvondo bo'yicha 3 karra jahon chempionini mag'lub etdi

Taekvondo bo'yicha 68 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov O'zbekiston uchun birinchi g'alabani qo‘lga kiritdi. U uch karra jahon chempioni Li Daehanni mag‘lubiyatga uchratdi.

Dastlabki raundda imkoniyatni boy bergan Rashitov 2 va 3-raundlarda ustunlik qildi. Asosiy vaqt 19:19 hisobida yakunlandi. Bahs taqdirini hal qilgan “Oltin zarba”da vakilimiz 2 ochkoni qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.

Endi Ulug‘bek Rashitov yarim final yo‘llanmasi uchun eronlik Mirhoshim Husseyniga qarshi dayanga chiqadi.