Ulug'bek Rashitov yurtimiz uchun birinchi oltin medalni qo'lga kiritdi

Final bosqichida Ulug'bek Rashitov Bredli Sindenni (34-29) hisobida mag'lub etdi va taekovondo bo'yicha Olimpiya o'yinlarining oltin medaliga sazovor bo'ldi.

Britaniyalik Bredli Sindendan oldin sportchimiz maliyalik Seydu Fofan, janubiy koreyalik Li Da Xun, eronlik Mirxashem Xusayni va Bosniya va Gertsegovinadan Nedzad Husichni mag'lubiyatga uchratdi.