Ulugbekhon Maksumov vatanida taqdirlandi

Xalqaro ishbilarmon va tadbirkor, xalq orasida Dubaydagi zirhli transport vositalari ishlab chiqaruvchi kompaniya “Inkas Vehicles” MCHJ bosh direktori sifatida tanilgan Ulugbekhon Maksumov O‘zbekistonda sharafli taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tadbirkor O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Marosimni O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligida bo'lib o'tdi. O‘zbekiston Respublikasining Dubaydagi Bosh konsuli Alisher Salomov medalni Ulugbekhon Maksumovga shaxsan o‘zi topshirdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni nafaqat Respublikamizning milliy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, balki davlatimiz tashqarisida ham bayrog’imiz hilpirab turishini ta’minlagan va ulkan zafarlarga erishgan insonlarga topshirilishi nazarda tutilgan.

Maksumov O‘zbekistonda o‘z faoliyatini avtomobilsozlik sohasida boshlagan va shu yerda uning sanoat, innovatsiyalar va xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan ishtiyoqi shakllangan. 2006-yilda Dubayga ko‘chib o’tgan hamda zirhli transport vositalari sanoatida katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

2008 yildan beri u “Inkas Vehicles” MChJ rahbari sifatida Ko'rfaz hamkorlik kengashi (KHK), Afrika va Sharqiy Yevropada zirhli transport vositalari bozorida mashhurlikni qo’lga kiritgan.

Ushbu kompaniya butun dunyo bo'ylab davlat va nodavlat institutlari, notijorat tashkilotlari hamda individual mijozlarga xizmat ko'rsatadi.

Ayni paytda Maksumov MDH bozorlarini zabt etish maqsadida O‘zbekistonda harbiy zirhli texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. VPK Aksum allaqachon qator hukumatlarga birinchi buyurtmalarni yetkazib berdi.

Ulugbekhon Instagram’dagi shaxsiy sahifasida millionlab obunachilarga ega bo‘lib, o‘z mamlakati va undan tashqaridagi yosh avlod uchun motivator sifatida qabul qilinadi. Shu bois ham uning vatanidagi shuhrati yuksakdir.