Umra ziyoratchilari uchun PZR test ma’lumoti tartibi bekor qilindi

Saudiya Arabistoni Podshohligi Aviatsiya Boshqarmasi “GACA” Podshohlikka keluvchi yo‘lovchilar uchun “Covid-19” bilan bog‘liq ba’zi cheklovlarga o‘zgartirish kiritdi.

Endilikda, koronavirus mavjud emasligi haqidagi manfiy natijaga ega bo‘lgan QR-kodli PZR test ma’lumotini SAPga kirishda taqdim etish tartibi bekor qilinmoqda.

Umra dasturida safar qiluvchi ziyoratchilar koronavirusga qarshi quyidagi vaksinalardan biri bilan emlangan bo‘lishi talab etiladi:

Pfizer/BioNTech;
Oxford-AstraZeneca;
Moderna;
Johnson & Johnson.